COVID-19: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kasallanish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovU vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami
U vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aniqlangan koronavirus bo‘yicha Qirg‘izistonni ortda qoldirib, Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil 9-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirus bilan kasallangan soni 44 781 (+224) nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 204 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 364 nafarni tashkil etmoqda.

Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
Sentabr oyida tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroqlar soni oshdi - SSV

Shu paytga qadar  mamlakatda 42 162 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Shu tariqa, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Qozog‘istonda jami 106 498 kishi koronavirus yuqtirib olgan. Ulardan 100 042 nafari tuzalib ketgan. Qurbonlari soni 1640 nafarni tashkil etmoqda.

Qirg‘izistonda koronavirus 44 613 kishida aniqlangan. Ularning 40 336 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. 1063 kishi esa virus qurboniga aylangan.

Tojikistonda 8860 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Kasallanganlarning 7650 nafari virusni yenggan. 70 kishini koronavirus hayotdan bevaqt olib ketgan.

Turkmanistonda rasman koronavirus qayd etilmagan.

Yangiliklar lentasi
0