01:22 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
18310

Moskva Davlat universitetining Toshkent filiali yangi fakultetlarga abituriyentlar qabul qila boshladi, hujjat topshirish va imtihonlar onlayn ravishda boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Moskva Davlat universtitetining Toshkent filialidagi yangi fakultetlariga qanday qilib hujjat topshirish mumkin? Bu haqida filial direktori oʻrinbosari Abduxakim Mamanazarov hikoya qilib berdi. 

Oʻqituvchi aytishiga koʻra, hujjatlar qabul qilish allaqachon boshlangan. Ularni filial sayti (https://webanketa.msu.ru/) orqali onlayn topshirish mumkin. 

"Abituriyentlar kirish arizalarini masofadan turib topshirishlari mumkin. MDU filiali saytiga kirib u yerda anketa toʻldirish kerak. Imtihonlar ham onlayn boʻladi. Yangi yoʻnalishlar uchun ham Rosobrnadzorning litsenziyasi olingan", - dedi Mamanazarov.

Undan tashqari, kelgusi yildan boshlab yangi magistr dasturlari ochilishi kutilmoqda. Shuningdek, milliy OTMlar bilan hamkorlikda ham taʼlim dasturlari yaratish rejalashtirilmoqda. 

Prorektor aytishiga koʻra, MDU Toshkent filialiga nafaqat oʻzbekistonlik balkim boshqa respublikadan ham talabalar oʻqishga hujjat topshirishlari mumkin. Lekin xorijiy talabalar faqat kontrakt-tulov asosida oʻqishga qabul qilinadi. 

Batafsil Sputnik podkastida tinglang.

Kak podat dokumentы na novыe fakultetы Tashkentskogo filiala MGU — pravila

 

Asosiy mavzular