13:31 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
145 0 0

Tun davomida yana 230 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning aksariyati Toshkentda shahrida. Shuningdek, koronavirusga chalingan ikki kishi vafot etdi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yana 230 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 45 160 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 150 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Surxondaryo viloyatida, hamda 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 368 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 42 212 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2 580 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 427 nafari ogʻir, 224 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular