01:28 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
325 0 0

Telegram bot orqali respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda chet elga chiqishda taqiq borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi. Bu haqda Tashqi migratsiya agentligi xabar qilmoqda.

“Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda oʻzingizga nisbatan taqiq bor yoki yoʻqligini bilib olishingiz mumkin”, - deyilgan xabarda.

Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

Asosiy mavzular