18:45 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
93 0 0

Poyezd 11 sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryoʻl vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryoʻl vokzalidan harakatini boshlaydi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. 11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent  yoʻnalishida "Nasaf" tezyurar yoʻlovchi poyezdi harakati qayta yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish boʻyicha qabul qilgan qaroriga asosan yoʻlovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 11 sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent  yoʻnalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezyurar yoʻlovchi poyezdi harakati qayta yoʻlga qoʻyiladi.

Poyezd 11 sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryoʻl vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryoʻl vokzalidan harakatini boshlaydi.

Xabarda yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan,  shuningdek,  onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkinligi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular