20:00 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
173 0 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi qator talablarga javob bergan holda barcha viloyatlarda bogʻchalar ochilishiga ruxsat berdi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda 14 sentyabrdan viloyatlarda ham davlat bogʻchalari ochilishi boshlanadi. Bu haqida Maktabgacha taʼlim vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida xabar qilindi, Daryo.uz xabariga asosan. 

"Maktabgacha taʼlim vazirligi 7 sentyabrdan 14 sentyabrgacha Toshkent va Toshkent viloyatining tumanlarida bittadan MTTning ochilishini yoʻlga qoʻydi. MTTlarining faoliyatini faqatgina xalq deputatlari Kengashi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsati bilan muayyan MTTga qatnovchi bolaning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi.

14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon butun respublika boʻylab bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.

Birinchi oʻrinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. Oʻrta guruhlarning (4-5 yoshdagi bolalar) ochilishi oktyabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga moʻljallangan. Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab oʻzgarishi mumkin. Bundan tashqari, Jahon banki koʻmagida 14 mingta infraqizil kontaktsiz termometrlar sotib olindi. Moslamalarning viloyatlarga yetkazib berilishi va tarqatilishi sentyabr oyining ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan", – dedi Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishga tushishi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak: 

  • MTTlarda toza suv zaxirasi, tozalovchi va dezinfektsiya vositalari mavjud boʻlishi;
  • binolarda kuniga 3 marotaba tozalovchi vositalar yordamida suvli va 1 marotaba dezinfektsiya vositalari orqali tozalash ishlari, bundan tashqari, koʻp muomalaga kirishuvchi yuzalarning 4 karra dezinfektsiyasi amalga oshiriladi;
  • bola tarafidan boʻlgan vakillar MTT hududiga kiritilmaydi;
  • kirish joylarida odamlar toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, tarbiyalanuvchilar tasdiqlangan jadval asosida kuzatib qoʻyiladi va olib ketiladi, ularni tarbiyachilar qabul qilib oladi; 
  • Ochiq havodagi mashgʻulotlar va sayrlar paytida bolalar, tarbiyachilar va ularning yordamchilarining bevosita munosabatiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • tuman hokimiyatlari mahalliy byudjet hisobidan suv taʼminoti tizimiga ulanmagan va artezian quduqlariga ega boʻlmagan davlat MTTga uzluksiz suv zaxirasini yetkazib berilishini taʼminlaydi;
  • Davlat MTTlarni dezinfektsiyalash va tozalash vositalari, qoʻllar uchun zaruriy antiseptik vositalar bilan taʼminlaydi.

Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin aytishiga qaraganda karantin vaqtida 14 mingta MTTlar, xususan, 6 mingta davlat, 6700 ta oilaviy, 753ta xususiy va 692 ta DXSH asosidagi MTTlar faoliyatini toʻxtatgan edi. MTT xodimlari toʻlanadigan mehnat taʼtiliga yuborildi yoki masofaviy ishlash tartibiga oʻtkazildi. Shu bilan birga, 9 foiz xodimlar oʻz xohishiga koʻra haq toʻlanmaydigan taʼtilga chiqishgan.

Asosiy mavzular