22:44 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
48010

Toshkentda kelgusi yilda birinchi xay-tek uslubida qurilgan masjid paydo boʻlishi mumkin. Unda ayollar uchun alohida namozxona ham boʻladi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Toshkent shahridagi Qatortol mahallasida Oʻzbekistonda birinchi xay-tek uslubidagi masjid quriladi, deb xabar qilmoqda Azon.uz. 

Xabarda aytilishiga koʻra, yangi masjid “Qatortol-1” mahallasida joylashgan “Hasanxon qori” masjidi oʻrniga quriladi. Masjidning oldingi binosi 1993 yilda ishga tushgan, eski va tor, kirib chiqishga noqulay boʻlgan ekan. Keyinchalik xayriya pullari yordamida masjid yonidagi toʻyxona va tsex sotib olinib umumiy hudud 30 sotixga yetkazilgan.

V Tashkente nachalos stroitelstvo pervoy mecheti v stile xay-tek

“Hasanxon qori” masjidi imom-xatibi Zikrulloh Mahkamov aytishiga koʻra, yangi masjidni xay-tek uslubida qurishga masjid joyining murakkab shaklga ega ekanligi sabab boʻlgan. 

"Hozir masjid loyihasi tayyorlangan. Joyimizning shakli murakkab, unga odatdagidek toʻrtburchak masjid qurilsa, ancha joy yutqazib qoʻyilar ekan. Shuning uchun meʼmorlar masjidni noanʼanaviy shaklda qurishga qaror qilishdi. Bu Oʻzbekistondagi ilk xay-tek usulida qurilgan masjid boʻladi. Iloji boricha har bir metrdan foydalanishga harakat qilingan", - deydi masjid imom-xatibi. 

Masjidda alohida 60 oʻrinli ayollar namozxonasi ham boʻladi. Hozirda eski masjid binosi buzilib, yer ostidan oʻtgan kommunikatsiyalar koʻchirilgan. Undan soʻng yangi masjid qurilishi boshlanadi. Reja boʻycha kelasi yilning ramazon oyigacha qurib bitkazilishiga umid bildirishmoqda. 

*Xay-tek - meʼmorchilikda qoʻllaniladigan uslublardan biri boʻlib, u binolarni loyihalashtirish va qurishda yuqori texnologiyalardan foydalanish, bino shaklida toʻgʻri chiziqlar koʻpligi, oyna, plastik va metall kabi materiallar qoʻllanilishi bilan farq qiladi. 

V Tashkente nachalos stroitelstvo pervoy mecheti v stile xay-tek

Asosiy mavzular