19:49 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

Bemor natijalariga koʻra shifokor uskunalardan foydalanishda davom etish yoki ularni boshqa bemorlarga yoʻnaltirish haqida qaror qiladi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Qanday bemorlarga uy sharoitida davolanish uchun kislorod kontsentratorlari hamda pulsoksimetrlar vaqtincha berilishi mumkinligi haqidagi savollarga AOKAda boʻlib oʻtgan amjumanda Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha maxsus shtab aʼzosi Barno Abdusamatova  javob berdi.

“SOVID-19 infektsiyaning ogʻir turini oʻtkazgan bemorlar, kasalxonadan chiqqanlaridan keyin ham organizmini tiklashlariga vaqt kerak boʻladi. Ularni uy sharoitida sifatli sogʻlomlashtirishni tashkil etish hamda nogironlikning oldini olish maqsadida, SSV  bemorlarga vaqtinchalik foydalanishga kislorod kontsentratori va pulsoksimetrlarni berishga qaror qildi”, - deyilgan xabarda.

Dastlab uskunalar bemorga 7 kunga beriladi va uning natijalari davolovchi shifokor tomonidan oʻrganiladi. Bemor natijalariga koʻra shifokor uskunalardan foydalanishda davom etish yoki ularni boshqa bemorlarga yoʻnaltirish haqida qaror qiladi.

Bemorlarga kislorod kontsentratori va pulsoksimetrlar berish tartibi, ularni monitoring qilish va boshqa mezonlar SSVnning 8 sentyabr kuni eʼlon qliingan №234 buyrugʻida batafsil aytib oʻtilgan.

Asosiy mavzular