21:54 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
186 0 0

OTB Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanish holatini qay darajada ekanini aniqlash va uning istiqbollarini belgilashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkazmoqda.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) xalq taʼlimi tizimida ishlaydigan 1-11 sinf oʻqituvchilari orasida maxsus soʻrovnoma oʻtkazmoqda. 

Ushbu soʻrovnoma maqsadi - Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanish holatini aniqlash va uning istiqbollarini belgilashdir. Shuningdek, soʻrovnoma  Oʻzbekistonda taʼlim yoʻnalishini rivojlantirish uchun kelajakdagi sarmoyalarni maqsadli yoʻnaltirishga yordam beradi, deyilgan xabarda.

Soʻrovnomani rus, oʻzbek yoki ingliz tilida toʻldirish mumkin. Soʻrovnomada maktab joylashish hududi, shahar yoki qishloq, nechanchi sinflarga dars berishi, qanday elektron uskunalardan foydalanishi, qaysi fanlardan dars oʻtilishi, internetga bogʻlanish uslubi, aloqa sifati, internetdan qanday koʻrinishdagi materiallar olinishi va boshqa savollar berilgan.   

 

 

Asosiy mavzular