03:15 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
869 0 0

Oʻzbekistonda yoshlar orasida sintetik narkotiklar isteʼmol qilish hamda narkolog-shifokorlar yetishmovchiligi muammosi mavjud.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda umumiy hisobda 6 mingga yaqin giyohvandlar Ichki ishlar organlari roʻyxatida turadi. Bu haqida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aziz Ikromov Senatda boʻlib oʻtgan "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida"gi qonun muhokamasida.

"Sogʻliqni saqlash vazirligidan olingan maʼlumotga koʻra, hozirgi davrda giyohvandlik moddalarini isteʼmol qiluvchi 5 ming 889 nafar yoshlar hisobda turibdi. Asosiy qismi – Andijon viloyatida 1232 nafar, Fargʻona viloyatida 1093 nafar va Toshkent shahrida 1188 nafar. Qolgan viloyatlarda 500-600 nafar yoshlar hisobda turibdi", - deydi Ikromov. 

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, yoshlar orasida anʼanaviy giyohvandlik vositalaridan voz kechib, psixotrop va kuchli taʼsir etuvchi dori moddalarni isteʼmol qilishi koʻpaymoqda. Xusasan, yangi paydo boʻlgan "Tropikamid" isteʼmol qilish va buning oqibatida ogʻir jinoyatlar sodir etish holati koʻpaymoqda.

Ushbu qonun muhkamasida soʻzga chiqqan Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Abduhakim Hojiboyev Respublikada narkologlar yetishmaslik muammosi haqida gapirdi. Hojiboyev aytishiga koʻra, bugungi kunda mavjud 506ta shtatdan 435tasi band, xolos. Narkologlar yetishmovchiligi eng koʻp Navoiy viloyatida (taʼminlanish - 33%), Sirdaryo viloyatida (47%) qayd etilgan  

Asosiy mavzular