05:30 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
490 0 0

Xorijiy fuqarolar uchun Rossiya hududida vaqtincha yashash va mehnat qilishga ruxsat beruvchi barcha hujjatlar 15 sentyabrdan soʻng ham uzaytiriladi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Ayni damda Rossiyada boʻlib turgan xorijiy fuqarolarning Rossiya hududida yashash va ishlashga ruxsat beruvchi hujjatlari muddati yana bir bor uzaytiriladi. Bu haqida Rossiya IIV Migratsiya boʻlimi boshligʻi Valentina Kazakova RIA Novostiga bergan intervyusida aytib oʻtdi. 

"Ayni damda pandemiya tufayli chegaralarni kesib oʻtishga boʻlgan cheklovlar haligacha amal qilayotgani tufayli biz xorijiy fuqarolar uchun Rossiya hududida vaqtincha yashash va mehnat qilishga ruxsat beruvchi barcha turdagi hujjatlar, jumladan viza, patent, yashashga ruxsatnoma va boshqa ruxsatnomalar muddatini 2 marotaba uzaytirdik. Ular 15 sentyabrdan soʻng ham uzaytirilish ehtimoli juda katta", - dedi Kazakova. 

Shu bilan birga Rossiya Migratsiya xizmati rahbari bu yil Rossiyada migratsiya sohasida yangi qonun ishlab chiqilganini va u kelajakda xorijiy fuqarolar ishlashi uchun hujjatlar rasmiylashtirishda juda qulay boʻlishi haqida xabar qildi. Yangi qonun matni 2021 yilda eʼlon qilinadi. 

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidentining farmoniga asosan xorijiy fuqarolar hujjatlari birinchi marotaba 15 martda 3 oyga va ikkinchi marotaba 15 iyunda yana 3 oyga uzaytirilgan edi. 

Asosiy mavzular