23:03 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
376622

Guli xonim Sheyx suhbat davomida Samarqandda sodir boʻlgan xunuk voqea - ayol kishining er tomonidan ayovsiz kaltaklanishi holati haqida toʻxtalar ekan, ushbu hodisani qoralashini bildirdi va "Oʻzbekistonda Gender tenglikni rivojlantirish kerak deb oʻylayman", deya qoʻshimcha qildi.

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Buyuk Britaniya parlamenti aʼzosi — lord Muhammad Iltaf Shayxga turmushga chiqqan oʻzbekistonlik Guli Muradova koʻpchilikni qiziqtirgan "noteng nikoh" masalasiga toʻxtalib oʻtdi. Guli xonim Sheyx ushbu savolga Londonga uchib ketishi oldidan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan boʻlgan suhbatda toʻxtalib oʻtgan.

Gap shundaki, ledi Guli suhbat davomida yaqindagina Samarqandda sodir boʻlgan xunuk voqea - ayol kishining er tomonidan ayovsiz kaltaklanishi holati haqida toʻxtalar ekan, ushbu hodisani qoralashini bildirdi va "Oʻzbekistonda Gender tenglikni rivojlantirish kerak deb oʻylayman", deya qoʻshimcha qildi.

"Hanuzgacha er-xotin oʻrtasidagi tengsizlik, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarash, kuch ishlatish yoki zoʻravonliklar qulogʻimizga chalinib turibdi. Angliyada ayollarga nisbatan zoʻravonliklar sodir boʻlmaydi, demoqchi emasman. Lekin kam, juda kam holatlarda ayollarga nisbatan zoʻravonliklar yoki kuch ishlatish holatlari yuz berishi, mumkin. U ham boʻlsa mast holatda yuz bergan boʻlishi mumkin. Buyuk Britaniyada agar ayolni er himoya qila olmasa, uni huquq himoya qiladi", - deydi Guli xonim Sheyx.

U shu oʻrinda, barcha uchun birdek qiziq boʻlgan, nega oʻzidan ancha yoshi katta insonga - lordga turmushga chiqqani haqida gapirib oʻtdi.

"Bilasizmi, men hurmat, mehr va izzatni avvaldan shu turmush oʻrtogʻimdan topganman. Lord nafaqat meni, balki yer yuzidagi barcha ayollarni hurmat qiladigan haqiqiy jentelmen. U kishi koʻchada sadaqa soʻrab oʻtirgan ayolni koʻrganida ham, "ayol, bolasi bordir, noiloj koʻchada yuribdi", deya qoʻliga pul berib keladilar", - deya lordga taʼrif beradi ledi.

Shu bois "shaxsiy hayotimda toʻgʻri tanlovni amalga oshirganimga ishonchim komil", deya qoʻshimcha qiladi.

Kelajakdagi rejalari bilan oʻrtoqlashar ekan, Guli xonim Sheyx tez orada Oʻzbekistonga qaytib, Buxorodan hovli sotib olmoqchiligini aytadi.

"Xabaringiz boʻlsa, yaqinda Buxoroning ayrim hududlarida yuz bergan noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholi xonadonlari vayronalarga aylandi. Kamiga pandemiya ham aynan shu vaqtlarga toʻgʻri kelib qoldi. Ketma-ket yuz bergan bu sinovlar ortidan xalq qiynalib qoldi. Shu bois Buxoroning Qorakoʻl, Jondor va Olot tumanlariga borib, oz boʻlsada xayriya qilib, ularga ruhan madad boʻlishga ahd qildim. Bilasizmi, bu xalqning mehmondoʻstligi, ochiq chehraliligini koʻrib ularga mehrim tushdi. Ayniqsa, Jondor tumani mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman Kengashi deputati Latofat Behbudova bilan juda inoq boʻlib, doʻstlashib qoldik. Oʻzim aslida oʻn besh yil davomida Angliyada yashagan boʻlsam, katta-katta qirolliklarda mehmon boʻlganman, ammo Buxoro xalqidagi kabi mehmondoʻstlikni, hokisorlikni hech qayerda uchratmadim", - deydi u toʻlqinlanib.

Guli xonim Sheyx, shuningdek, Oʻzbekiston aeroportlari, banklari, turizm sohasi, restoran deysizmi, kasalxonalardan dorixonalargacha hamma sohani qamrab olgan, mijozga xizmat koʻrsatish boʻyicha etika madaniyatini rivojlantirish loyihasini tuzganligini aytdi.

" Bilasizmi, Buyuk Britaniyada xoh turizm boʻlsin, xoh boshqa soha, mijozni eʼtibor va xushmuomalalik bilan jalb etishga harakat qilishadi. Imkon qadar mijozning didi va u haqda koʻproq maʼlumotga ega boʻlib, uning koʻnglini topishga, shu yoʻl orqali mahsulotini oʻtkazishga urinadi. Shuningdek, oʻz ishi va mijozning xizmatiga masʼuliyat bilan yondashiladi. Xizmat koʻrsatish shoxobchalaridagi xodim ishchilarning muomalasi, tili va etikasi boshqacha. Biroq afsuski, Oʻzbekistonda men mana shu tomondan bir oz kamchiliklarni payqagandek boʻldim. Shu bois aynan shu yoʻnalishda loyiha yaratib, Oʻzbekistondagi xizmat koʻrsatish sohalarida Buyuk Britaniya madaniyatini targʻib qilmoqchiman", - dedi suhbat yakunida Guli Murodova.

Asosiy mavzular