03:17 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
302 0 0

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan oʻqituvchilar roʻyxatga olinib, ularning holati hududlarda tashkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan oʻrganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan oʻqituvchilar shifoxonalarda davolanishga yuborilmoqda

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda oʻqituvchilardan "COVID-19"ga qarshi test olish boshlandi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

"2020 yil 11 sentyabr holatiga koʻra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan oʻrta taʼlim maktablarining jami 486 521 nafar oʻqituvchilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infektsiyasiga tekshiruvdan oʻtkazildi.

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan oʻqituvchilar roʻyxatga olinib, ularning holati hududlarda tashkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan oʻrganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan oʻqituvchilar shifoxonalarda davolanishga yuborilmoqda", - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil shaklda kechayotgani koʻrinmoqda. Bunday oʻqituvchilar uy sharoiritida davolanishga oʻtkazilib, belgilangan davo muolajalarga koʻra, ularga bepul koronavirus bokslari (aptechkalar) yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, bunday oʻqituvchilar bilan muloqotda boʻlganlar hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari tomonidan aniqlanib, ularning roʻyxatlari karantin tadbirlarini joriy etish uchun hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalariga yuborilmoqda

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda barcha boshlangʻich, umumiy oʻrta taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarini markazlashgan tartibda grippga qarshi bepul emlash belgilangan edi.

Asosiy mavzular