15:44 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
231 0 0

Tun davomida yana 192 kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilgan. Ikki kishi vafot etib, qurbonlar soni 388 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yana 192 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 47 042 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning  96 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, yana 8 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 388 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar mamlakatda 43 511 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3 143 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular