08:53 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
280 0 0

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishi oy oxiriga qadar muayyan boʻlishini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. 100 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar epidemiologik sabablarga koʻra hali Rossiyaga OTMlarda tahsil olish uchun kirib kelmadi. Bu haqda Rossiya taʼlim va ilm-fan vaziri Valeriy Falkov maʼlum qildi.

“Rossiyaga hali 100 ming nafardan ziyod xorijlik talabalar kirib kelmadi”, - dedi u.

Rossiya vazirining soʻzlariga koʻra, talabalar mamlakatidagi epidemiologik vaziyat tufayli ularning Rossiyada tahsil olishi uchun kirishiga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror hozircha qabul qilinmagan.

Shuningdek, u Rossiya OTMlarida koronavirus bilan bogʻliq vaziyat nazorat ostida ekanini taʼkidladi.

“Universitetlarimizga yordam koʻrsatdik, ular har bir chet ellik talaba, ayniqsa, birinchi bosqich talabalari bilan alohida ishlashmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi Falkov.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet ellik talabalarning Rossiyaga qaytishi oy oxiriga qadar muayyan boʻlishini maʼlum qilgan edi.

Rossiyada maktablar va oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili 1 sentyabrdan anʼanaviy tarzda boshlandi. Oʻquvchilar va talabalar bevosita taʼlim dargohiga qatnab, tahsil olishmoqda.

Asosiy mavzular