21:22 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
156 0 0

Hozirda mamlakatda 3 224 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 483 nafari ogʻir, 246 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 197 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 47 620 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 144 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Fargʻona viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 394 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 44 002 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3 224 nafar bemor davolanmoqda.  Ulardan 483 nafari ogʻir, 246 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular