Qulayroq o‘tirib oling - onlayn darslar boshlandi

CC0 / pixabay.com / Televizionniy pult
Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda onlayn darslarni National Geographic, Eurosport, TVS, “Oxota i ribalka” va Fashion TV telekanallari orqali namoyish etish boshlandi.

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi 14-sentabrdan boshlangan teleefir orqali uzatiladigan onlayn darslar jadvalini e’lon qildi. 

O‘zbek tilida ta’lim oladigan sinflar uchun:

1-4 sinflar uchun darslar soat 08:30 dan - 14:50ka qadar “National Geographic” telekanali orqali namoyish etiladi. Ushbu darslar tushdan so‘ng soat 15:38 dan boshlab takroran efirga uzatiladi. 

5-8 sinflar uchun darslar soat 08:30 dan - 16:25ga qadar “Eurosport” va “TVS” telekanallari orqali namoyish etiladi. Ushbu darslar takroran soat 16:51dan boshlab namoyish etiladi. 

9-11 sinflar uchun darslar soat 08:30 dan - 14:15ga qadar “Oxota i ribalka” va “Fashion TV” telekanallari orqali namoyish etiladi. Ushbu darslar takroran soat 14:51dan boshlab namoyish etiladi. 

Rus tilida ta’lim oladigan sinflar uchun onlayn darslar ushbu telekanallar orqali o‘tkaziladi, faqat jadval vaqti biroz farq qiladi.  

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi va Maxsus komissiya qaroiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida maktablar tuman deputatlari Mahalliy kengashi xulosasiga ko‘ra ochilishi mumkin. Qaror har bir hududdagi mavjud epidemiologik va boshqa vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. 

Undan tashqari ota-onalar ham bolalarini maktabga yuborish yoki yubormaslik haqida o‘zlari qaror qabul qilishlari mumkin. Maktabga bormagan bolalar esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali talim oladi.

 

Yangiliklar lentasi
0