Buxoroda 239 nafar maktab o‘qituvchisi va texnik xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda koronavirusga test olinayotgani xabar qilingan edi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Buxoro viloyatida 239 nafar maktab o‘qituvchisi va texnik xodimi koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafoyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Maktablarda an’anaviy ta’lim boshlanishidan oldin viloyatda barcha o‘qituvchi va maktab xodimlari koronavirusga test topshirishgan. Hozirga qadar 18 831 nafar o‘qituvchi va texnik xodimdan test olinib, ularning 239 nafarida koronavirus aniqlangan:

  • Buxoro shahrida 3259 nafar o‘qituvchidan 46 nafarida;
  • Kogon shahrida 666 nafar o‘qituvchidan 11 nafarida;
  • Olot tumanida 1237 nafar xodimdan 23 nafarida;
  • Buxoro tumanida 1843 nafar xodimdan 22 nafarida;
  • Vobkent tumanida 1903 nafardan 33 nafarida;
  • Qorako‘l tumanida 1575 nafardan 20 nafarida;
  • Peshko‘ tumanida 855 nafardan 29 nafarida;
  • Romitan tumanida 1860 nafardan 15 nafarida;
  • Kogon tumanidagi 955 nafardan 9 nafarida;
  • G‘ijduvon tumanida 2608 nafardan 10 nafarida;
  • Qorovulbozor tumani 385 nafardan 7 nafarida;
  • Jondor tumanida 857 nafardan 8 nafarida;
  • Shofirkon tumanida 828 nafardan 5 nafarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda pandemiya sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda koronavirusga test olinayotgani xabar qilingan edi

Yangiliklar lentasi
0