20:44 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
209 0 0

Qoʻngʻirot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Kuanishbay Akimov hamda Xorazm viloyati FVB Qoʻshkoʻpir tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi mayor Doniyor Jabbarov vafot etdi.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi FVB Qoʻngʻirot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Kuanishbay Akimov  hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qoʻshkoʻpir tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi mayor Doniyor Jabbarov  vafot etgan.

Shu kunga qadar ushbu xodimlarning koronavirus  bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilganligi maʼlum boʻlgan edi.

Podpolkovnik Kuanishbay Akimov 20 yildan ortiq muddat davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Yongʻin xavfsizligi boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

Podpolkovnik Kuanishbay Akimov
Podpolkovnik Kuanishbay Akimov

Mayor Doniyor  Jabbarov ham vazirlik tizimida 2005 yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Mayor Doniyor Jabbarov
Mayor Doniyor Jabbarov

Taʼkidlanishicha, ular xalqning tinchligi va farovonligi yoʻlida oʻz xizmat burchini bajarish chogʻida ushbu kasallikni yuqtirib olganlar.

Vazirlik ularning vafoti munosabati bilan marhumlarning oila aʼzolariga chuqur taʼziya izhor etgan.

Asosiy mavzular