06:59 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1175)
77110

Sutka davomida 461 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 47 836 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 461 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 47 836 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 192 nafari Toshkent shahrida, 17 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 373 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 44 375 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 065 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol), Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 396 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Salom, maktab

Bugun Oʻzbekiston boʻyicha 2635ta maktablarda anʼanaviy darslar boshlandi, ushbu hisobga 7 sentyabrda ochilgan maktablar soni ham qoʻshilgan.

Shuningdek, ota-onalar ham bolalarini maktabga yuborish yoki yubormaslik haqida oʻzlari qaror qabul qilishlari mumkin. Maktabga bormagan bolalar esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 28,9 milliondan oshdi, 922 ming kishi vafot etdi, 19,5 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (6,5 mln), Hindistonda (4,8 mln), Braziliyada (4,3 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1175)

Asosiy mavzular