COVID-19: O‘zbekistonda qurbonlar soni 400 nafarga yetdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKatalka
Katalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 48 mingdan oshib ketdi. 400 kishi esa virus qurboniga aylangan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yana ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 400 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Lechenie bolnix s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Shuningdek, o‘tgan tun davomida yana 197 kishida koronavirus aniqlangan. Kasallanganlarning umumiy soni 48 192 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanganlarning 117 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 44 526 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 266 nafar davolanmoqda. Ulardan 451 nafari og‘ir, 243 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0