Samara va Yekaterinburgdan 1681 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyezdlar bugun va Samarqand va Toshkent shahriga yetib keldi. Olib kelingan barcha fuqarolar karantin zonalariga yetkazildi.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Maxsus poyezd reyslari orqali Rossiyaning Samara va Yekaterinburg shaharlaridan 1681 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston
Ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklar Rostovdan vatanga jo‘nadi

“Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 847 nafar fuqarolar bilan 12-sentabr kuni  Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi.

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Yangiliklar lentasi
0