23:31 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
1787 0 0

Gap toʻlaqonli antitanachadan 10 baravar kichik, COVID-19 ga qarshi Ab8 dorisini yaratish uchun qoʻllanilgan oqsil birikmasi haqida bormoqda.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. AQShning Pittsburg universiteti olimlari hatto eng kam dozasi ham SARS-CoV-2 virusini yoʻq qiluvchi oqsilni aniqlashdi. Tegishli tadqiqot “Cell” jurnalida chop qilindi.

Gap toʻlaqonli antitanachadan 10 baravar kichik, COVID-19 ga qarshi Ab8 dorisini yaratish uchun qoʻllanilgan oqsil birikmasi haqida bormoqda. Tadqiqotlar davomida Ab8 sichqon va ogʻmaxonlarda (xomyak) koronavirusning oldini olishda va davolashda juda samarali ekani aniqlangan. 

Shu bilan birga kichik oqsil toʻqimalarga yaxshi singish qobiliyatiga ega va bu virusni yoʻq qilishga yordam beradi.

Qolaversa, uning molekulalari innson hujayralari bilan birikmaydi. Bu ikkilamchi salbiy taʼsirlarni minimallashtirish imkonini beradi

Oqsil birikmasi koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kirisha oluvchi 100 mlrdta molekulani tezkor tahlil qilish usuli bilan topilgan. Koronavirus aynan S-oqsili yordamida organizmga kiradi. Oqsil birikmasi immunoglobulin bilan qoʻshilganda Ab8 hosil boʻladi.

Asosiy mavzular