07:35 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1160)
79301

Nurmat Otabekov Oʻzbekistonda qatʼiy karantin choralari qaytarilishi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov Oʻzbekistonda qatʼiy karantin choralari qaytarilishi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Uning soʻzlariga koʻra, respublikada hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan.

Otabekov fuqarolarning notoʻgʻri tushunganliklari natijasida aholi orasida  koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emasligini taʼkidladi.

“Bir narsani unutmaslik kerak “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning xatti-harakatlarimizga bogʻliq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qoʻyarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik koʻpayib ketishiga va Respublika maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majbur qilamiz”, - dedi respublika bosh sanitariya inspektori Otabekov.

Mutaxassis aholiga karantin choralarining kuchaytirilishi kabi taxminlarga ishongandan koʻra oʻzining profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 15 avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilgan edi. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1160)

Asosiy mavzular