15:16 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
67 0 0

Bugun “Gʻalaba” bogʻi hududidagi yopiq sahna maydonida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish yozma imtihoni boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. 15 sentyabr kuni “Gʻalaba” bogʻi hududidagi yopiq sahna maydonida Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga kirish yozma imtihoni boʻlib oʻtdi.

Magistraturaga tanlov “yurisprudentsiya” yoʻnalishi boʻyicha oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar, shu jumladan prokuratura organlari xodimlari orasida oʻtkaziladi.

Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы
Generalnaya prokuratura Uzbekistana
Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы

Akademiya magistraturasining “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati” va “Korruptsiyaga qarshi kurashish” mutaxassisliklari boʻyicha 2020/2021 oʻquv yiliga jami 30 ta qabul kvotasi tasdiqlangan boʻlib, tanlov har bir oʻrin uchun 10 nafar nomzodni tashkil etdi.

Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы
Generalnaya prokuratura Uzbekistana
Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы

Yozma imtihon chet tili boʻyicha test savollari va huquqiy mavzudagi essedan iborat.

Esse mavzulari jinoyat huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, fuqarolik huquqi va fuqarolik-protsessual huquqi kabi fanlardan tuzilgan boʻlib, nomzod oʻz bilim va qobiliyatlarini toʻlaqonli namoyon etishi uchun taklif etilgan savollar orasidan oʻziga eng yaqin boʻlgan mavzuni tanlash imkoniyatiga ega.

Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы
Generalnaya prokuratura Uzbekistana
Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы

Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.

Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan tegishli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Xususan, chet tili boʻyicha test savollarini tuzish, imtihonni oʻtkazish va javoblarini baholash uchun Davlat test markazi jalb qilingan.

Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы
Generalnaya prokuratura Uzbekistana
Vstupitelnыe ekzamenы v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturы

Yozma imtihonni oʻtkazishda kuzatuvchi hamda imtihon javoblarini tekshirishda mutaxassis sifatida turli taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari va boshqa idoralar vakillari taklif qilingan.

Akademiya rasmiy saytida eʼlon qilingan imtihon materiallari asosida tuzilgan imtihon biletlari avtomatik tarzda elektron generatsiya qilindi. Har bir nomzodga individual identifikatsion raqam berildi, imtihon javoblari esa toʻliq shifrlandi.

Imtihonni oʻtkazish jarayoni toʻliq videotasvirga olinib, Bosh prokuratura Akademiyasining Feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda namoyish qilinishi tashkil etildi.

Esse mavzulari, biletlar, suhbat savollari, shuningdek abituriyentlar roʻyxati va ularning imtihonga kirish vaqtlari Bosh prokuratura Akademiyasining rasmiy veb-saytida oldindan eʼlon qilingan.

COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatni inobatga olgan holda, imtihon oʻtkaziladigan joyga kirishdan oldin nomzodlarning tana harorati oʻlchanib, har bir nomzod alohida tibbiy qoʻlqop va niqob hamda suv bilan taʼminlandi, ularga kerakli kantselyariya jihozlari berildi.

Kirish imtihonining suhbat shaklidagi ikkinchi bosqichining oʻtkazilish vaqti qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinadi. 

Asosiy mavzular