16:08 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
338 0 0

“COVID-19”ga qarshi kurashda hamkorlikda ishlash uchun Oʻzbekistonda boʻlgan rossiyalik mutaxassislarning missiyasi yakunlandi.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. “COVID-19”ga qarshi kurashda hamkorlikda ishlash uchun Oʻzbekistonda boʻlgan rossiyalik mutaxassislarning missiyasi yakunlandi.

Bir oy oldin  Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat nufuzli tibbiy guruhi respublikaga tashrif buyurgandi.

Bugun Sogʻliqni saqlash vazirligida rossiyalik mehmonlarning missiyasi nihoyasiga yetganligi munosabati bilan kuzatuv marosimi boʻlib oʻtdi.

Reanimatolog, pulmonolog, infektsionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarni davolash muassasalarida respublika shifokorlari bilan hamkorlikda ish olib bordilar.

Ular Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikalari, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan ahvoli ogʻir bemorlarni davolashda ishtirok etish bilan birgalikda barcha viloyatlaridagi yuqumli kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda Oʻzbekiston shifokorlari bilan yelkama-yelka faol ish olib borib,  ming nafardan ziyod bemorga tibbiy yordam koʻrsatishdi.

Rossiyalik mutaxassislar qizil hududlarda faoliyat yuritish bilan bir qatorda videokonferentsaloqa orqali bemorlarni davolash boʻyicha zarur tibbiy maslahatlar berishdi, tibbiyot xodimlarimiz uchun vebinarlar oʻtkazishdi, davolash protokollarini mukammallashtirish maqsadida oʻz tavsiyalari bilan boʻlishishdi.

Oʻzbekistondagi bir oylik missiyasini samarali olib borgani uchun delegatsiya rahbari boʻlmish Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor  Mixail Zamyatinga “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi faxriy professori unvoni topshirildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)

Asosiy mavzular