20:02 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
79 0 0

Koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etgan tibbiyot va sanitariya-epidemiologik xizmat xodimlariga Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasidan ikki trilliondan ortik mablagʻ ajratildi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash, uning tarqalishini oldini olish uchun jalb qilingan shifokorlar, sanitar-epidemiologik xizmat va boshqa xodimlarga Oʻzbekiston Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasidan 2,252 trillion soʻm mablagʻ ajratildi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi. 

Ushbu mablagʻlar quyidagi tartibda toʻlovlar amalga oshiriladi:

  1. Maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari ajratildi: 14 kunlik faoliyat davri uchun shifokorlarga 25 mln soʻmdan, oʻrta tibbiy personalga - 15 mln soʻmdan va kichik tibbiy personalga - 10 mln. soʻmdan maxsus qoʻshimcha toʻlovlar ajratilgan. 
  2. Har kunlik oylik lavozim maoshiga 6% miqdorida  qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan. 
  3. Sanitariya-epidemiologik xizmat xodimlari oylik maoshiga mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi uchun belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar 15foizdan 50 foizgacha, 40 foizdan 75 foizgacha oshirildi va razryadlari boʻyicha koeffitsiyent ham 5 %ga oshirildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 14 sentyabr kuniga tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 1 347 nafariga 12,2 mlrd. soʻm qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlangan. Batafsil quyida tanishing. 

 

 

Asosiy mavzular