O‘zbekistonda koronavirus: 16-sentabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v SKB "RJD-Meditsina"
Lechenie bolnix s COVID-19 v SKB RJD-Meditsina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 015 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusning miyaga kirish xususiyati aniqlandi

Bir sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 429 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 201 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 364 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 45 422 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 186 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak), Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. (erkak), Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. (erkak) vafot etdi.

Vaksinatsiya ot kori - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishtirokchilariga tavsiyalar e’lon qilindi

O‘zbekistonda jami 407 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dezinfeksion tunellar taqiqlandi

O‘zbekistonda dezinfeksion tunellardan foydalanish to‘xtatiladi. Endilikda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda ti66iy yoki bir martalik niqoblar bilan ta’minlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.

Aviachiptalar sotuvi

Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskva-Toshkent yo‘nalishida rasman biletlar sotishni boshladi. 

Ayni damda ekonom klass bilet narxi 397 dollarni, biznes klass 917 dollarni tashkil qilmoqda. Parvozlar kuniga ikki marotaba 12:05-18:00 hamda 23:30 - 05:15 da amalga oshirilmoqda. Chiptalarni kompaniya rasmiy sayti  orqali yoki kompaniya rasmiy aviakassalarida xarid qilish mumkin. 

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 29,6 milliondan oshdi, 936 ming kishi vafot etdi, 20,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (6,6 mln), Hindistonda (5,0 mln), Braziliyada (4,4 mln).

Yangiliklar lentasi
0