22:13 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
277 0 0

Taʼkidlanishicha, mamlakatlar oʻrtasida aviaqatnovlar qayta tiklangani chegarani yer usti transporti bilan yoki piyoda kesib oʻtish mumkinligini anglatmaydi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Qozogʻiston aviaqatnovlar tiklanganiga qaramasdan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston bilan davlat chegaralarini ochgani yoʻq. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston mamlakat Milliy xavfsizlik qoʻmitasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, yer usti transporti bilan yoki piyoda chegaralarni kesib oʻtish yopiqligicha qolmoqda.

“Chegaralar hozircha yopiq, faqat ayrim mamlakatlar bilan aviaqatnovlar qayta tiklangan”, - deyilgan xabarda.

Chegaralarni toʻliq ochish toʻgʻrisidagi qarorni idoralararo komissiya Qozogʻiston davlat bosh sanitar shifokori bilan birgalikda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston 11 sentyabrdan rasman muntazam parvozlarni qayta tiklagan edi.

Asosiy mavzular