01:32 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Shayxontohur tumanidagi 40, 262-sonli maktablarda anʼanaviy oʻquv jarayoni oʻqituvchilarda koronavirus aniqlangani bois vaqtinchalik toʻxatildi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. 15 sentyabrdan boshlab Toshkentning Shayxontohur tumanidagi 40 va 262-sonli maktablarda anʼanaviy koʻrinishdagi darslar koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemik vaziyat barqaror boʻlgunga qadar vaqtinchalik toʻxatildi. Bu haqda poytaxt Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugungi kunda barcha hududlarda maktab oʻqituvchilarining COVID-19 infektsiyasiga test topshirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Test topshirish jarayonida afsuski natijalar musbat chiqayotgan holatlar ham bor. Quvonarli tomoni aksariyat oʻqituvchilarda kasallik alomatlarsiz yengil holda kechayotgani sababli, ularning ayrimlari oʻzlari ham virusni boshidan kechirayotganidan bexabar boʻlgan”, - deyiladi XTV xabarida.

Toshkent shahridagi 318 ta umumtaʼlim muassasalaridan 137 tasi anʼanaviy tarzda faoliyat koʻrsatmoqda. Qolgan maktablar faoliyati anʼanaviy tarzda boshlagunga qadar dars mashgʻulotlarining onlayn tarzda, yaʼni "Onlayn-maktab" loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoro viloyatida 239 nafar maktab oʻqituvchisi va texnik xodimi koronavirusga chalingani aniqlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular