15:10 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
385 0 0

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Oʻlim sabablari ochiqlanmagan.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda uning oʻlim sababi maʼlum qilinmagan.

Xayrulloh Turmatov 1976 yil 16 avgustda Angren shahrida tugʻilgan. Toshkent Islom institutini (2001) va Toshkent viloyat pedagogika institutini (2003) tamomlagan. Turli yillarda u “Chetsuv” (1994−2003), “Qorabogʻ” masjidlarida imom-xatib va shu bilan birga, Angren shahrida bosh imom-xatib (2003−2014) boʻlib ishlagan.

2014 yildan buyon esa Zangiota masjidi imom-xatibi va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Asosiy mavzular