O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 49,3 mingdan oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tun davomida yana 223 kishida koronavirus aniqlandi. Aniqlangan kasallanganlar soni bo‘yicha Toshkent yana yetakchi.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 223 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 49 385 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Vrachi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston COVID-19dan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda eng past ko‘rsatkichni ta’minladi

Yangi kasallanganlarning 116 nafari Toshkent shahrida, 53 nafari Namangan viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 11 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Sirdaryo viloyatida, 7 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 411 nafarga yetgan.

Shu paytga qadar 45 474 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 3 500 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0