14:37 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
171 0 0

Hozirgi kunda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta oʻrin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qoʻshimcha zaxira shifo oʻrinlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova AOKAdagi brifingda Oʻzbekiston kuz mavsumida koronavirus infektsiyasining ikkinchi toʻlqiniga tayyorligini maʼlum qildi.

“Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama oʻrganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar koʻrib chiqilib, tahlil qilindi”, - dedi u.

Abdusamatovaning soʻzlariga koʻra, hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan taʼminlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yoʻnalishda tajribalari bor. Ular kasallikni avj olishiga yoʻl qoʻymaydilar.

Shu bilan birga bemorlarga oʻz vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam koʻrsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.  

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda COVID-19 infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta oʻrin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qoʻshimcha zaxira shifo oʻrinlarini  tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Oʻzbekistonda kasallikning ikkinchi toʻlqiniga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qilgan edi. Chunki kuz-qish mavsumi bu gripp, OʻRVI kabi infektsion kasalliklarning koʻpayish vaqti. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular