13:48 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1176)
241 0 0

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova Kavasaki sindromi borasidagi savollar yuzasidan javob berdi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova Kavasaki sindromi, uning koronavirus infektsiyasiga bogʻligi haqidagi savollarga javob berdi.   

COVID-19 kasalligining yuqori darajasi kuzatilgan mamlakalarda bolalarda koronavirus infektsiyasidan keyin pediatrik kavasakisimon sindrom shaklidagi yangi kasallik 2020 yil aprel oyidan qayd etila boshlandi.

COVID-19 boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda vaqtinchalik assotsiyatsiyalangan Multtizimli yalligʻlanish sindromi (MVS) — COVID-19 infektsiyasidan soʻng yalligʻlanish bilan bogʻliq immunologik hodisa. Ushbu patologiya infektsiyadan soʻng yuzaga keladi va bolalarda COVID-19 ga chalingandan 3-5 hafta oʻtib rivojlanadi, qonda antitanachalar aniqlanishida paydo boʻladi.

Multtizimli yalligʻlanish sindromining asosiy klinik alomatlari:

- 24 soat davomida tana haroratining 38,5 darajadan yuqori boʻlishi;

- oshqozon-ichak trakti buzilishi: qorinda ogʻriq, qusish, koʻngil aynishi, diareya;

- 50 foiz holatlarda nafas tizimi shikastlanishi mumkin, yaʼni yoʻtal, ogʻir pnevmoniya rivojlanishi tufayli nafas siqilishi.

- Kasallik  bosqichlariga koʻra, tanada dogʻlar, papulalar, konʼyuktivit, limfotugunlar kattalashishi, kista va oyoqdagi shishlar paydo boʻlishi mumkin;

- yurakda ogʻriqlar shaklida yurak-qon tomir alomatlari ham mavjud;

- shuningdek, til va labda och qizil rangda qizarish kuzatiladi.

Taʼkidlash lozimki, COVID-19 bilan bogʻliq multtizimli yalligʻlanish sindromi (MVS) bolalarda tarqalgan kasallik hisoblanmaydi, biroq ayrim bolalarda koronavirus infektsiyasidan soʻng Kavasaki kasalligiga oʻxshash klinik belgilar paydo boʻlishi mumkin va kasallik yurak mushaklari yalligʻlanishi, yurak tomirlari anevrizmi rivojlanishi va boshqa organ va tizimlar shikastlanishi belgilari bilan ogʻir kechishi mumkin.

San-Antoniodagi Texas universiteti tibbiyot fanlari markazi shifokori Alvaro Moreyroning soʻzlariga koʻra, tadqiqot davomida butun dunyoda 1 yanvardan 25 iyulga qadar qayd etilgan 662 nafar multtizimli yalligʻlanish sindromi boʻlgan bolalar salomatligi oʻrganildi. Ularning aksariyatida yurak shikastlanishi kuzatilgan.

Shuningdek, bolalarda Kavasaki kasalligida kuzatiladigan yurak qon-tomirlar kengayishi ham qayd etilgan. Taxminan 10% bolalarda yurak tomir anevrizmi kuzatilgan. Anevrizm boʻlgan bolalar salomatligi eng koʻp xavf ostida.

Yana bir xulosa, multtizimli sindrom boʻlgan bemorlarning deyarli yarmi semizlik va ortiqcha vazndan aziyat chekishgan.

Shuning uchun ham bolalarda COVID-19ni oldini olish chora-tadbirlari avvalgiday dolzarb. Ushbu kasallikni muvaffaqiyatli davolash uchun erta tashxislash va oʻz vaqtida muolaja qilish muhim hisoblanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1176)

Asosiy mavzular