15:51 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
190 0 0

Qozogʻiston va Oʻzbekiston Aqtau va Urganch oʻrtasida parvozlarni ochishni muhokama qildi. Taʼkidlanishicha, bu ikki mamlakat oʻrtasida turizm rivojlanishiga hissa qoʻshadi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston aviakompaniyalari vakillari Urganch va Aqtau oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Urganch va Aqtau oʻrtasida muntazam reyslarning ochilishi Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida turizm rivojlanishiga hissa qoʻshadi.

Videokonferentsiya davomida tomonlar Urganch va Aqtau oʻrtasida aviaqatnov ochilishining amaliy masalalarini koʻrib chiqdi.

Shuningdek, turizmni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. Ikki davlat turistik kompaniyalarining uchinchi mamlakatdan sayohatchilarni jalb qilishi uchun Oʻzbekiston va Qozogʻiston tarixiy markazlari boʻylab safarni oʻz ichiga olgan qoʻshma turistik yoʻnalishlar, xizmatlar toʻplami, dasturlar ishlab chiqishi zarurligiga eʼtibor qaratildi.

Asosiy mavzular