Denovda ochilgan 9 ta maktab yana faoliyatini to‘xtatdi

© AFP 2023 / FRANCK FIFEShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktablar faoliyati to‘xtatilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolari soni oshgani sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yangi o‘quv yilida o‘quvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maktablar yopilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani sabab bo‘lgan.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi ikkita maktab karantinga yopildi

Tumanda bosqichma-bosqich an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini boshlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablari pandemiya sharoiti barqarorlashguniga qadar quyidagi maktablar faoliyati to‘xtatiladi: 27, 50, 52, 55, 96, 42, 46, 53, 24-maktab.

Ushbu maktablar faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar o‘quvchilar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ikkita maktab ochilganidan ikki kun o‘tib o‘qituvchilarda koronavirus aniqlangani bois karantinga yopilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0