07:06 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
71410

Sutka davomida 465 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 49 627 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 465 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 49 627 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 188 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Fargʻona viloyatida hamda 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 496 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 45 970 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 244 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan 56 yoshli G.SH. (ayol), Toshkent viloyatida yashagan 59 yoshli E.N. (erkak) hamda poytaxtlik 69 yoshli B.T. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 413 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Parvozlar haqida

Pandemiya vaqtida Oʻzbekistonga havo transporti orqali yoʻlovchilar kirib kelish tartibi belgilandi.

"Qizil" va "Sariq" hududlardan Oʻzbekistonga kelayotgan yoʻlovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqida maʼlumotnoma taqdim etishi kerak. Yoʻlovchi PZR analizi parvozda 72 soatdan uzoq boʻlmagan muddat ichida topshirilgan boʻlishi kerak. Faqat virus aniqlanmagan yoʻlovchilar parvozga qoʻyiladi.

"Qizil" hududlardan kelgan yoʻlovchilar aeroport pasport nazorati xizmatiga COVID-19 tahlil natijasi va 14 kunlik uy karantiniga joylashish majburiyatnomani taqdim etishlari shart.

"Sariq" hududlardan kelgan yoʻlovchilar pasport nazorati xizmatiga COVID-19 aniqlanmagani haqidagi PZR test natijasi aks etgan hujjatni topshirishlari talab etiladi.

"Yashil" hudud mamlakatlaridan Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelgan yoʻlovchilarga nisbatan karantin tartiblari qoʻllanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yoʻlovchilar bundan mustasno).

Yopilgan maktablar

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi yangi oʻquv yilida oʻquvchilar uchun eshigini ochgan 9 ta maktab yana faoliyatini toʻxtatdi. Maktablar yopilishiga tumanda koronavirus pandemiyasi bilan gumon qilinayotgan fuqarolar soni oshgani sabab boʻlgan.

YEIIB krediti

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Ipak Yoʻli” bankiga 20 million dollar ajratilishini maʼqulladi.

15 millioni kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun kredit liniyasi shaklida, yana 5 million dollari savdoni moliyalashtirish uchun ajratilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 29,9 milliondan oshdi, 941 ming kishi vafot etdi, 20,3 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (6,6 mln), Hindistonda (5,0 mln), Braziliyada (4,4 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular