23:53 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
76 0 0

Huquqshunos fikriga koʻra, axbrot kommunikatsiya rivojlangan davrda fuqaro shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni himoya qilish juda muhim.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Fuqarolik kodeksiga shaxsiy fotosuratdan ruxsatsiz foydalanishni taʼqiqlashga doir yangi modda kiritilishini - Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori Aʼzam Madaminov izohlab berdi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Fuqarolik kodeksining yangi tahririga fuqaroning oʻz tasviriga boʻlgan huquqi himoyasiga doir modda kiritilishi jamiyatda faol muhokamaga sabab boʻlgan edi. Ayrim OAVlarda ushbu modda davlat xizmatchilarini himoya qilishga qaratilgan degan fikrlar ham aytildi. 

OʻZbekiston Fuqarolik kodeksiga kiritlayotgan yangi moddada, umumiy qoida tariqasida - har qanday fuqaroning foto yoki video tasviridan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi, deyilgan. 

Ushbu qoidadan istisnolar, yaʼni rozilik talab etilmaydigan holatlar:

1.Tasvirdan davlat yoki jamiyat manfaatlari uchun foydalanilganda:

  • jinoyatchi yoki bedarak yoʻqolganlarni qidirishda;
  • davlat va jamoat arboblari, madaniyat va ilm-fan sohalarining taniqli vakillari suratlarini jamiyat uchun qiziqarli  axborot tarqatish maqsadlarida foydalanganda;
  • davlat xizmatchilarini xizmat vazifalarini bajarish jarayonida tasvirga tushirish va bunday tasvirlardan foydalanish hollari kiradi.

2. Ommaviy tadbirlarda va jamoat joylarida ushbu joylardagi umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida olingan suratlarda.

  • Masalan: bayramlarni, restoranlardagi tadbirlarni, koʻchalarda sodir boʻlayotgan voqealarni tasvirlash uchun. 

3. Ushbu fuqaroning huquqlarini himoya qilish maqsadida. Ushbu maqsadda olingan suratlar uchun ham ruxsat talab etilmaydi. Ushbu suratlardan fuqaroning oʻzi ham foydalanishi mumkin boʻladi. 

Qanday javobgarlik belgilangan?

Fuqaro suratidan maqsadga nomuvofiq foydalanganda fuqarolik huquqiy xarakterga ega boʻlgan javobgarlik kelib chiqadi. Maʼmuriy yoki jinoiy javbogarlik kelib chiqmaydi. Yaʼni “jabrlangan” fuqarol oʻz tasvirini fotoapparat yoki mobil telefondan oʻchirib tashlashni, OAV yoki reklamadan olib olib tashlashni talab qilish huquqiga ega boʻladi.

Zamon talabi

Huquqshunos fikriga koʻra, axbrot kommunikatsiya rivojlangan davrda fuqaro shaxsiy hayotiga doir maʼlumotlarni himoya qilish juda muhim.

“Fuqaroning tasvirini himoya qilish bugungi axborot kommunikatsiya rivojlangan davrda juda muhim. Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning tasvirlaridan foydalangan holda ularning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi, oilaviy va shaxsiy sirini oshkor etuvchi maʼlumotlar tarqatish hollari kam emas. Oqibatda, jamiyatda fuqarolar oʻrtasida turli nizolar kelib chiqmoqda”, - deydi huquqshunos.

Madaminov aytishiga koʻra, Oʻzbekiston bu kabi qonunlar qabul qilishda birinchilardan emas. Shunga oʻshash talablar Yevropa, Rossiya va Qoʻshni Qozogʻiston qonunchiligida ham nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular