00:20 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
524 0 0

Otabekovning soʻzlariga koʻra, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos boʻladigan sababning oʻzi yoʻq

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi, respublika bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 15 oktyabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytiriladi, degan mish-mishlar nechogʻliq toʻgʻriligi yuzasidan berilgan savolga izoh berdi.

Otabekovning soʻzlariga koʻra, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos boʻladigan sababning oʻzi yoʻq.

Uning aytishicha, koronavirus infektsiyasi bilan kurashishi uchun respublika sogʻliqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo oʻrinlari, IVL (sunʼiy nafas olish apprati), kislorod kontsentratorlari va tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan;

COVID-19 bilan kurashishda Oʻzbekiston tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa oʻrnatgan va ilgʻor xalqaro tajribalarni respublika tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, fuqarolarning oʻzini va yaqinlarini sogʻligini saqlash uchun karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishni davom ettirish lozim, deb taʼkidlagan Otabekov.

SSV vakili respublikada karantin bekor qilinmagani, faqat yumshatilganini eslatib oʻtdi.

"Bu davrda yoʻl qoʻyilgan masʼuliyatsizlik, ushbu kasallikka chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, baʼzi yondosh kasalligi bor odamlarda ogʻir kechishi, hatto oʻlimga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik lozim; odamlar gavjum boʻladigan joylarda (istirohat bogʻlari, dam olish maskanlari, mahalla, koʻchalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish boʻyicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz boʻlish kerak", - degan u.

Fuqarolarga oʻzlari, yaqinlari va atrofdagilarning sogʻligʻi uchun masʼul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni ogʻir oʻtkazishi mumkin boʻlgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondoshishga chaqirgan.

Asosiy mavzular