O‘zbekistonda koronavirus: 18-sentabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital COVID-19 NMIS SSX im. A. N. Bakuleva Minzdrava RF
Gospital COVID-19 NMIS SSX im. A. N. Bakuleva Minzdrava RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 492 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 253 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Shkola - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarda ta’tillar jadvali o‘zgarishi mumkinmi - tafsilotlar

Bir sutka davomida 492 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 253 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Toshkent viloyatida hamda 10 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 435 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 46 527 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foiz.

Ayni paytda 3 307 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan 78 yoshli O.Sh. (ayol), Termiz shahrida yashagan 36 yoshli S.V. (erkak), Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. (erkak), Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. vafot etdi.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Rus vaksinasini yo‘q qilish: katta siyosatning kichik o‘ljasi

O‘zbekistonda jami 419 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Rossiyalik shifokorlar tashrifi

Moskvadan 35 nafar shifokorlar COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekistonlik hamkasblariga yordam berish maqsadida Toshkentga jo‘nab ketishdi.

Yordam brigadasi tarkibida infeksinistlar, anesteziologlar, rentgenologlar, laboratoriya diagnostlari, pulmonologlar, epidemiologlar, bolalar shifokorlari va tibbiy hamshiralar bor.

Shifokorlar ish boshlash uchun kerakli bo‘lgan individual himoya vostalari bilan ta’minlangan. 

Samaradan charter

O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 23-sentabr kuni Samara shahridan Toshkentga amalga oshiriladigan charter qatnoviga erkin sotuv ochilganini ma’lum qildi. Chipta narxi 352 dollar.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 30,2 milliondan oshdi, 947 ming kishi vafot etdi, 20,6 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (6,7 mln), Hindistonda (5,2 mln), Braziliyada (4,5 mln).

Yangiliklar lentasi
0