12:44 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
454 0 0

Qoʻlga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Samarqandda "Xizb ut-Taxrir" terrorchilik tashkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

"Joriy yilning 18 sentyabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Xizb ut-Taxrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar aʼzolarining faoliyatiga chek qoʻyildi", - deyiladi xabarda.

Qoʻlga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda, deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Oʻzbekiston Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qaroriga asosan "Xizb ut-Taxrir" diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼqiqlangan tashkilotlar roʻyhatiga kiritilgan.

Asosiy mavzular