12:36 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
268 0 0

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosining soʻzlariga koʻra, hozirda pediatrik koykalar zaxirasi tayyorlanmoqda.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov Oʻzbekistonda ham bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish ortayotganini maʼlum qildi.

“Mana, maktablar ishlashni boshladi. Tabiiyki, kasallanish soni bugunga kelib oshib bormoqda. Ming afsus, Oʻzbekistonda oldin bolalar deyarli kasal boʻlmayotgandi, hozir bolalar kontingentining ichida ham kasallanish bor. Shuning uchun biz pediatrik koykalar zaxirasini ham tayyorlayapmiz va pediatr kadrlarni ham tayyorlash rejalashtirilgan”, - dedi u “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq 17 sentyabr kuni Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangan buyon birinchi marta 11 yoshli bola vafot etgani maʼlum boʻlgandi.

Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shahrida istiqomat qilgan 11 yoshli fuqaro 5 sentyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasi qabul boʻlimiga tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan. Bolada oʻsha vaqtda burundan qon ketishi, tana haroratining 38 darajaga koʻtarilishi, nafas siqishi kuzatilgan. Koʻkrak qafasi rengeni qilinganda 50 foiz zararlanish aniqlangan.

Bola 2012 yildan buyon surunkali glomerulonefrit, nefrotik shakli, surunkali buyrak yetishmovchiligi, kamqonlik va semizlikning uchinchi darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan va nogironlik nafaqasi olib kelgan.

Koʻrilgan davo choralariga qaramasdan, bemor surunkaln glomerulonefrit, buyrak yetishmovchilining terminal bosqichi, semizlik va anemiyaning uchinchi darajasi,  ikki tomonlama pnevmoniyaning ogʻir shakli natijasida vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1237)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular