05:58 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
685 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev koronavirus asoratlari oqibatida 56 yoshida vafot etdi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev vafot etdi.

"Buxoroning ardoqli farzandi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻktam Isoyevich Barnoyev bugun, 20 sentyabr kuni koronavirusga chalinish oqibatida 56 yoshida vafot etdi", - deyilgan Buxoro viloyati hokimligi xabarida.

Avvalroq u koronavirusga chalingani va hozirda davolanayotgani xabar qilingan edi.

Oʻktam Barnoyev 2016 yil dekabridan 2020 yil 28 fevraligacha Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2020 yil fevral oyi oxirida bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlangan edi. Shuningdek, u iyul oyida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga rais etib saylangan edi.

Asosiy mavzular