Poytaxtda 2020 yilning 1 oktyabr sanasidan 9, 52, 53, 65, 71, 109, 149, 188-avtobus yoʻnalishlari maqbullashtiriladi.
TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkent shahrida harakatlanuvchi 8 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“2020 yilning 1 oktyabr sanasidan quyidagi avtobus yoʻnalishlari maqbullashtiriladi: 9, 52, 53, 65, 71, 109, 149, 188”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻnalishlarining oʻzaro harakat yoʻnalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Abrorxoʻja Turdaliyev Markaziy banki raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. U Markaziy bankning Kredit tashkilotlari prudentsial nazorati departamenti direktori boʻlib ishlab kelayotgandi.