06:08 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
326 0 0

Sankt-Peterburg–Toshkent va Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha charter reys qoʻyildi. Chiptalar erkin sotuvda.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Sankt-Peterburg –Toshkent va Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha charter reys amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻz Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020 yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini maʼlum qiladi”, - deyilgan xabarda.

Qoʻshimcha HY 3602 Moskva-Toshkent reysi 23, 24, 25, 30 sentyabr, HY 3602 Sankt-Peterburg-Toshkent reysi reysi 25, 28, 30 sentyabr kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga ega boʻlgan Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari qoʻyiladi. 

Eslatib oʻtamiz, Uzbekistan Airways 17 sentyabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

Asosiy mavzular