06:07 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
32310

16 sentyabr kuni efirga uzatilgan ingliz tili fani videodarsida Nyu-York AQShning poytaxti deb aytilgan edi. Aslida Vashington AQShning poytaxti hisoblanadi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi maktab oʻquvchilari uchun televizion darsda qoʻyilgan xatolik uchun uzr soʻradi va chet tili oʻqituvchilarining tarkibi qayta koʻrib chiqilganini maʼlum qildi.

Joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlab maktab oʻquvchilari uchun televizion darslar uzatila boshlandi.

Taʼkidlanishicha, “Onlayn-maktab” loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik oʻtmasligiga harakat qilinmoqda.

“Biroq, 16 sentyabr kuni efirga uzatilgan chet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yoʻl qoʻyildi. Eng avvalo, mazkur holat uchun barchadan uzr soʻramoqchimiz. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan darslarda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chet tili oʻqituvchilarining tarkibi qayta koʻrib chiqildi, dars muharriri almashtirildi hamda darslarda tajribali oʻqituvchilar jamoasini yanada kengaytirish maqsadida mahoratli pedagoglar uchun tanlov eʼlon qilindi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan “Onlayn-maktab” loyihasida ishtirok etayotgan oʻqituvchilarni kamsitmaslikni soʻrab qolgan.

“Har birimiz xatolikka yoʻl qoʻyishimiz mumkin, ish bor joyda xatoliklar ham uchrab turadi. Lekin, bu xatoliklarni oldini olish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilmoqda”, - deya qoʻshimcha qilgan vazirlik.

XTV bu vaziyat barchani oʻz vazifalarini bajarishda eʼtiborliroq boʻlishga va ishga professional yondashishga undashiga umid bildirgan.

Vazirlik hozirgi sharoitda oʻz sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib ham anʼanaviy ham masofaviy shaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga olish jarayonlariga jalb qilingan oʻqituvchilarga minnatdorchilik bildirgan.

Asosiy mavzular