20:44 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1239)
165 0 0

Oʻtgan tun davomida yana 149 kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi. Ularning 91 nafari Namangan viloyatidan.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida yana 149 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 51 798 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 91 nafari Namangan viloyati, 20 nafari Andijon viloyati, 11 nafari Toshkent viloyati, 8 nafari Qoraqalpogʻiston, yana 8 nafari  Buxoro viloyati, 7 nafari Navoiy va 4 nafari Fargʻona viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.CH. (ayol) hamda Shayhontohur  tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 435 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 47 932 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3422 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 557 nafari ogʻir, 245 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1239)
Teglar:
Namangan, koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular