09:37 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
358 0 0

Davlat korhonalarida aka-uka, ota-ona, quda-anda va boshqa yaqin qarindoshlar bir-birining qoʻl ostida ishlashi taʼqiqlandi - Mehnat kodeksidan eslatma.

TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Davlat korxonalarida yaqin qarindoshlar bevosida birga ishlashi taʼqiqlanadi, deb eslatib qoʻydi Adliya vazirligining Huquqiy Axborot telegram kanali. 

Xususan, Oʻzbekiston Mehnat kodeksida qoʻyidagi modda bor:

79-modda. Qarindosh-urugʻlarning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash
Oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Mehnat kodeksi ilovasida quyidagi holatlar ushbu qoidadan istisono boʻlishi alohida aytib oʻtilgan: 

1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
2. Davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
3. Temir yoʻl transportining liniya korxonalari, yoʻl, qurilish-montaj va boshqa xodimlari;
4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
5. Sogʻliqni saqlash tizimi shifokorlari, oʻqituvchilar, kutubxonachilar;
7. Teatr badiiy jamoalari, artistlar, rassomlar va musiqachilar;

Batafsil maʼlmuot bilan Oʻzbekiston Mehnat kodeksi va uning istisinolar roʻyxatida tanishishingiz mumkin. 

 

Asosiy mavzular