13:32 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
14500

Ob-havo harorati hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. 21 sentyabrdan salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda, ushbu oqim ish haftasining oxirigacha respublikadagi ob-havoni belgilaydi. Bu haqda Oʻzgidromet matbuot xizmati xabar qilmoqda.

21 sentyabrda kunning ikkinchi yarmida bulutlar koʻpaya boshlaydi, kechga borib respublikaning ayrim togʻoldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

Harorat hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Sentyabr oyining oxirigacha butun Oʻzbekiston hududi boʻyicha oyning oxiri uchun xos boʻlgan havoning saqlanib turishi kutilmoqda. Uraldan salqin havo kirib turishi hisobiga harorat respublika boʻyicha meʼyordan 3-4 darajaga past boʻladi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 20-25 darajani tashkil qiladi.

Asosiy mavzular