06:58 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)
539 0 0

Sutka davomida 430 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 52 070 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 430 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 52 070 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 235 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida hamda 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 437 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 48 369 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 264 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – poytaxtlik 65 yoshli Z.CH. (ayol) 46 yoshli H.I. (erkak), 62 yoshli X.SH. (erkak) va 31 yoshli S.B. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 437 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Vaktsina sinovida ishtirok etish

Oʻzbekiston “Vektor” markazi ishlab chiqargan vaktsina sinovlarida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Rospotrebnadzor Oʻzbekiston SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan videokonferentsiya orqali muloqot oʻtkazdi. Unda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish, “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi” tomonidan yaratilayotgan “EpiVakKorona” Rossiya vaktsinasining sinovlarini muhokama qildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 31,0 milliondan oshdi, 960 ming kishi vafot etdi, 21,3 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (6,8 mln), Hindistonda (5,5 mln), Braziliyada (4,5 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1220)

Asosiy mavzular